» » O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab davlat 16 ming oila uchun kreditga olingan uylar boshlang‘ich badalining 10 foizini qoplab beradi

O‘zbekistonda 2020-yildan boshlab davlat 16 ming oila uchun kreditga olingan uylar boshlang‘ich badalining 10 foizini qoplab beradi


Prezident Shavkat Mirziyoyev 28-oktabr kuni aholini uy-joy bilan ta’minlash va ipoteka bozorini rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazdi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Prezident matbuot xizmatining qayd etishicha, “davlat xususiy sektor ishtirokisiz aholining uy-joyga bo‘lgan ehtiyojini to‘la qondirishi qiyin”. Shu bois yig‘ilishda ipoteka tizimiga bosqichma-bosqich bozor mexanizmlarini joriy etish, sohada xususiy sektorning o‘rnini oshirish masalalari muhokama qilingan.

Yangi tizimga muvofiq, ko‘p qavatli uy-joy qurilishi tadbirkorlik subyektlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tomonidan yer va ipoteka krediti uchun banklarga mablag‘ ajratiladi. Uy-joylar narxining oshib ketmasligi va xamyonbop bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha ham zarur choralar ko‘riladi.

Xususan, 2020-yildan boshlab 16 mingta oilaga boshlang‘ich badal va kredit foiz xarajatlari uchun byudjetdan subsidiya ajratiladi. Ushbu subsidiyalar orqali uylar boshlang‘ich badalining 10 foizi hamda Toshkent shahri uchun 12 foiz, qolgan shaharlarda 10 foizdan yuqori kredit foizlari qoplab beriladi.

“Mazkur yangi tizim kelasi yildan Andijon, Namangan, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Toshkent viloyatlari hamda poytaxtimizda tajriba tariqasida joriy etiladi. Qolgan hududlarda eski tartib saqlanib qolib, yangi tizim unga raqobatchi bo‘ladi”, — deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda so‘nggi to‘rt yilda qancha uy qurildi va aholi ehtiyojini to‘la qondirish uchun yana qancha qurish kerak?



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (28-10-2019, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 97) ( 0) ( 95) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют