» » Apple yangi AirPods Pro quloqchinlarini taqdim etdi

Apple yangi AirPods Pro quloqchinlarini taqdim etdi


Apple kompaniyasi yangi AirPods Pro quloqchinlarini taqdim etdi. Quloqchinlarning yangi avlodi faol shovqinni pasaytirish va yaxshilangan ovoz funksiyalariga hamda yangilangan korpusga ega bo‘lgan. Bu haqda “Kod.ru” xabar berdi.

Yangi qurilma simsiz bo‘lib, to‘plamdan uch xil o‘lchamdagi yostiqchalar joy olgan, quloqchin egasining quloq o‘lchamlariga qarab ularni moslashtirishga imkon beradi.

Kompaniya tomonidan ta’kidlanishicha, yangi quloqchinlar ichki va tashqi bosimni tenglashtirish uchun innovatsion ventilatsion tizimga ega. Bu mazkur ko‘rinishdagi quloqchinlar keltirib chiqaradigan noqulayliklarni kamaytirishga imkon beradi. Qayd etilishicha, yangi quloqchinlar ter va suv ta’siriga chidamli hisoblanadi, bu esa faol hayot tarzi uchun mos keladi.

Qurilmada shovqinni pasaytirishga alohida e’tibor berilgan. Buning uchun yangi AirPods Pro quloqchinlariga ikkita mikrofon o‘rnatilgan bo‘lib, ular dasturiy ta’minot bilan uyg‘unlikda ishlaydi. Apple tomonidan ishonch bildirilishicha, bu shovqin pasaytirishni sifatli ta’minlash uchun tashqi shovqinlarni bartaraf qilishga imkon beradi.

Birinchi mikrofon tashqarida joylashgan bo‘lib, atrofdagi shovqinni tahlil qilish uchun tashqi ovozni qabul qiladi — AirPods Pro tashqi shovqinni uning amplitudasidagi ovozli to‘lqin bilan tinglovchining quloqlariga yetib borishdan oldin bartaraf qiladi. Ikkinchi mikrofon ichkarida joylashgan: u qoldiq shovqinlarni bartaraf etishga yordam beradi. Faol shovqin kamaytirish funksiyasi ovozli signalni soniyasiga 200 marta bo‘lgan chastotaga moslagan holda tahlil qiladi.

Shuningdek, “shaffof rejim” ham mavjud bo‘lib, u quloqchilar egasiga musiqa bilan bir vaqtda tashqi ovozlarni ham eshitishga imkon beradi. Quloqchinlar korpusidagi datchiklar faol shovqin kamaytirish funksiyasidan “shaffof rejim”ga bir lahzada o‘tishga imkon beradi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 07:58)
-1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 52) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют