» » Surxondaryoda YHXB xodimini Lacetti’da 10 metrga sudrab ketgan yo‘lovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Surxondaryoda YHXB xodimini Lacetti’da 10 metrga sudrab ketgan yo‘lovchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi


Surxondaryoda Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimining qonuniy talablarga bo‘ysunmasdan unga tan jarohati yetkazgan fuqaro qo‘lga olindi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

28-oktabr kuni soat 15:00 larda 1984-yilda tug‘ilgan O‘.I. ismli shaxs Uzun tumani Ulankul mahallasida xizmat vazifasini o‘tayotgan viloyati IIB YHXB xodimining qonuniy talablariga bo‘ysunmasdan, boshqaruvidagi Lacetti rusumli avtomashinasida uni 10 metr masofaga sudrab ketib, tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro O‘.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 219-moddasi 1-qismi (“Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 10:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют