» » IShID yetakchisi hukumat kuchlari tomonidan qurshab olingan Mosulda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi

IShID yetakchisi hukumat kuchlari tomonidan qurshab olingan Mosulda bo‘lishi mumkinligi taxmin qilindi


IShID guruhi yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiy hukumat kuchlari tomonidan qurshab olingan Mosulda bo‘lishi mumkin. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Agentlik manbasiga ko‘ra, terrorchilar 10 kun avval 40 ta yo‘ltanlamasda bir necha tank ko‘magida to‘satdan Suriyadan Iroqning Mosul yo‘lidagi Tall-Afar manzili tomoniga yo‘l olgan.

“Ular Tall-Afar qurshovga olingan ishidchilarni qutqarish, so‘ng kuch to‘plab Mosul qamalini yorib o‘tishga harakat qildi. Barchalari shia ko‘ngillilari tomonidan yo‘q qilindi. Bunday urinishlar yo Mosulda qolgan jangarilarni olib chiqish yoki yetakchilari Abu Bakr al-Bag‘dodiyni evakuatsiya qilish bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Biz uning shu yerda bo‘lishi mumkinligini istisno etmaymiz”, — deya ta’kidlagan manba.

Manba al-Bag‘dodiy koalitsiya aviatsiyasining mart oyida Suriya va Iroq chegarasidagi hujumlaridan biri davomida jarohat olgan bo‘lishi ham mumkinligini bildirdi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 30) ( 0) ( 28) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют