Surxondaryoda “Jiguli” avtomobili kanalga tushib ketdi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumanidagi “Ismoiltepa” mahallasida 27-oktabr kuni “Jiguli” (VAZ – 2107) mashinasi kanalga tushib ketdi, deb xabar bermoqda FVV matbuot xizmati.
Voqea joyiga zudlik bilan qutqaruv guruhi yetib kelgan. Aniqlanishicha, mashina qo‘l tormozi ko‘tarilmagani sababli soyga sirg‘alib tushib ketgan.
FVV qutqaruvchilari maxsus texnikadan foydalangan holda bir necha daqiqa ichida transport vositasini chiqarib, egasiga topshirgan.
Mavzuga doir:
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Toshkentda Spark haydab ketayotgan ayol hushini yo‘qotib, 12 metr balandlikdan chuqurligi 5 metr bo‘lgan “Bo‘zsuv” kanaliga qulagan edi. Mashina suvga to‘lgan. Ayol darz ketgan old oyna orqali chiqishga muvaffaq bo‘lgan. Oktabr oyida esa Andijonda Gentra soyda oqib ketgandi. Unda ham kanal qirg‘og‘idagi joyda vaqtinchalik saqlash uchun qo‘yilgan mashinaning qo‘l to‘rmozi ko‘tarilmagani sabab bo‘lgan.
Manba: Daryo.uz