» » Jizzaxda yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi

Jizzaxda yo‘l chetiga tashlab ketilgan chaqaloq topildi


Jizzaxda 27-sentabr kuni soat 15:00 larda yo‘l chetiga tashlab ketilgan yangi tug‘ilgan chaqaloq topildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati ma’lum qildi.

Chaqaloq Zomin tumanida yashovchi 2 nafar fuqarolar tomonidan Sharof Rashidov tumani, “G‘azg‘ontepa” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lning 292 kilometrida “Jizzax—Zarbdor” yo‘nalishida yo‘l chetidan 4—5 metr uzoqlikda topilgan.

Qayd etilishicha, chaqaloq oq rangli matoga o‘ralgan holatda qora rangli polietilen paket ichida tashlab ketilgan. Uni topib olgan shaxslar Jizzax viloyati perenatal markaziga olib kelgan. Ammo ko‘rsatilgan tibbiy yordamlarga qaramay, chaqaloq 29-sentabrda vafot etgan.

Sud tibbiy ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, qiz jinsli chaqaloq chala, hayotga layoqati juda past holatda tug‘ilgan. Bola topilgan vaqtda tug‘ilganiga kamida bir sutka bo‘lgan, bir muddat parvarishlangan. Uning tanasida tan jarohatlari topilmagan.

Holat yuzasidan Sharof Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 117-moddasi 2-qismi (Xavf ostida qoldirish oqibatida odam o‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu modda bo‘yicha jinoyat sodir etgan shaxs 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 2 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 17:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 96) ( 0) ( 95) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют