» » AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID yetakchisi o‘rinbosari o‘ldirilganini tasdiqlamadi

AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID yetakchisi o‘rinbosari o‘ldirilganini tasdiqlamadi


AQSh boshchiligidagi koalitsiya IShID yetakchisi Abu Bakr al-Bag‘dodiyning o‘rinbosari — Ayad al-Jumayliy o‘ldirilganini hozircha tasdiqlay olmaydi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

“Biz bu xabarlarni ko‘rdik, biroq hozir uni tasdiqlay olmaymiz”, — deya ma’lum qildi koalitsiya shtabi vakili.

Ekstremistning o‘ldirilgani haqida Kuvaytning KUNA agentligi ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, Iroq harbiy-havo kuchlari Anbar viloyatidagi Al-Qayum qishlog‘ida terrorchilar qo‘mondonlik punktiga turkum zarbalar bergan va IShID “mudofaa vaziri”ni yo‘q qilgan.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Опубликовано: admin (2-04-2017, 21:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 71) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют