» » Davlat veterinariya qo‘mitasi 2000 dan ortiq mahsulot importi ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qilmoqda

Davlat veterinariya qo‘mitasi 2000 dan ortiq mahsulot importi ustidan nazoratni kuchaytirishni taklif qilmoqda


Davlat veterinariya qo‘mitasi veterinariya xizmati nazoratidan o‘tkazish talab qilinadigan mahsulotlar importi tartibini o‘zgartirishni ko‘zda tutuvchi Prezident qarori loyihasini muhokama uchun e’lon qildi. Bu haqda Spot xabar berdi.

Qaror loyihasida aytilishicha, O‘zbekistonda iste’molchilarni xavfli va sifatsiz import mahsulotlaridan himoya qiladigan samarali tizim mavjud emas.

Shu sababli, sifati kafolatlanmagan va potensial xavfi bo‘lgan hayvon mahsulotlarining import qilinishi natijasida turli kasalliklar tarqalishi holati uchramoqda.

Natijada respublikada epizootik holatning yomonlashish xavfi ortmoqda, xususan, hayvonlar va iste’molchilar orasida yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchilarning tarqalishi xavfi ortmoqda.

2020-yilning 1-yanvaridan yangi tartib o‘rnatgan holda muammoni bartaraf etish taklif qilinmoqda.

Yangi tartibga ko‘ra, Davlat veterinariya qo‘mitasi tomonidan nazoratdan o‘tkaziladigan mahsulotlar importi shunday mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi, qayta ishlovchi va saqlovchi tashkilotlar va yuridik shaxslar reyestriga kiritilgan tashkilotlar, yuridik shaxslar va xorijiy eksportchilar tomonidan amalga oshirilishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, veterinar dori mahsulotlarining importiga ularning yaroqlilik muddati umumiy muddatning 80 foizidan ortiq bo‘lgan taqdirda ruxsat beriladi va O‘zbekiston davlat veterinariya xizmati tomonidan berilgan veterinar guvohnoma mavjud bo‘lganda rasmiylashtiriladi.

Davlat veterinariya xizmati nazoratidan o‘tkazilishi kerak bo‘lgan mahsulotlar importini amalga oshirish uchun ruxsatnoma 90 kunga beriladi va buning uchun bazaviy hisoblash kattaligining bir baravari miqdorida to‘lov undirilishi rejalashtirilmoqda.

Veterinariya xizmati nazoratidan o‘tkaziladigan mahsulotlar ro‘yxati so‘nggi marta 2017-yilda tasdiqlangan. Mazkur ro‘yxatga 2000 dan ortiq mahsulot kiritilgan.

Yangi tartib yuqorida qayd etilgan muammolarni bartaraf etishga, respublika hududini o‘ta xavfli infeksiyalarni qo‘zg‘atuvchilarning tarqalishi va olib kirilishidan himoya qilishning samarali tizimini yaratishga yordam berishi kutilmoqda. Shuningdek, O‘zbekistonga yaroqlilik muddati o‘tgan veterinar dori vositalarining olib kirilishi va savdosining oldi olinishi ko‘zlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют