» » Qashqadaryoda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonyerlar aniqlandi

Qashqadaryoda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonyerlar aniqlandi


Qashqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi 25-oktabr, juma kuni Nishon tumani hududida reyd tadbiri o‘tkazgan. Bu haqda boshqarma axborot xizmatiga asoslanib, Nasaf News xabar bermoqda.

Reyd davomida Nishon tumani “Balxiyak” MFYdan Mirishkor tumaniga o‘tuvchi ichki yo‘l chap tomonidagi zovurda (kollektor) sariq rangdagi jiguli rusumli davlat raqami 70 A 285 HA bo‘lgan avtomashinada 3 nafar shaxs tomonidan noqonuniy ravishda, ya’ni elektr toki bilan baliq ovlanganligi ma’lum bo‘ldi.

Inspektorlar o‘z vakolati doirasida shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etishlarini so‘raganida bir nafar shaxs o‘zini avtomashina haydovchisi Nishon tumani “Balxiyak” MFYda yashovchi Alimardon Qurbonov va Alisher Xudoyorov, Abdurashid Ismatov deb o‘zlarini og‘zaki tanishtirib, hech qanday hujjatlarni taqdim eta olmagan.

“Shundan keyin avtomashina ko‘zdan kechirilganda, 1 dona 15 metrli elektr simi ulangan qo‘lbola sachok, 1 dona 15 metr elektor simi ulangan qo‘lbola elektor tokini uzaytiruvchi moslama, 1 dona “Mustang” rusumli yangi akkumulyator, 1 dona eski elektr tokini kuchaytirgich (elektroudochka), 1 juft maxsus etik, oq polietilen xaltada jami 23 dona har xil turdagi noqonuniy ovlangan baliq, shundan: 2 dona laqqa, 6 dona karas, 13 dona sazan, 2 dona O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitob”iga kiritilgan Turkiston mo‘ylovdoriga o‘xshash baliqlar borligi aniqlandi”, — deyiladi xabarda.

Aniqlangan holat bo‘yicha uch nafar shaxs yozma ravishda tushuntirish xatini yozib bergan. 3 nafar shaxsdan yuqorida bayon etilgan vositalar qonuniy to‘xtamga kelgunga qadar ashyoviy dalil sifatida olib qo‘yilgan. Hozirda mazkur aniqlangan holat bo‘yicha to‘plangan hujjatlar tegishli huquqni muhofaza qilish organlariga topshirish uchun rasmiylashtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 89) ( 0) ( 87) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют