» » Toshkent viloyati IIBB Chirchiqda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanligini bildirdi

Toshkent viloyati IIBB Chirchiqda bola o‘g‘rilari paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar yolg‘on ekanligini bildirdi


Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi ijtimoiy tarmoqlar va Telegram messenjerida tarqalgan Toshkent viloyati Chirchiq shahri hududida voyaga yetmagan bolalarning jasadlari ichki organlari bo‘lmagan holatda topildi mazmunidagi izoh bilan tarqalgan audio xabarlarga rasmiy munosabat bildirdi.

Toshkent viloyati IIBB rasmiy bayonotida ushbu xabarlar haqiqatdan yiroq ekanligi, shuningdek, poytaxt va Toshkent viloyati hududida voyaga yetmagan bolalarni o‘g‘irlab ketayotgan jinoyatchining paydo bo‘lgani haqidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligi qayd etilgan.

Hozirda Toshkent shahri va Toshkent viloyati IIBB tomonidan fuqarolar orasida bu kabi asossiz ma’lumotlarni tarqatib, vahima uyg‘otayotgan kimsalarning shaxslarini aniqlash bo‘yicha zaruriy choralar ko‘rilmoqda.

Toshkent viloyati IIBB

Shuningdek, xabar so‘ngida Toshkent viloyati IIBB fuqarolarni bu kabi norasmiy xabar yoki ma’lumotlar tarqalganda boshqarmaning matbuot xizmati bilan bog‘lanish lozimligini so‘ragan.

Avval Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasining matbuot xizmati ham Toshkent shahri va Toshkent viloyatida voyaga yetmaganlarga qiziqish bildiruvchi jinoyatchi paydo bo‘lganligi haqidagi xabarlarda ham asos yo‘qligini ma’lum qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 23:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 50) ( 0) ( 48) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют