» » Olotda 5 yildan buyon ichkuyov bo‘lib yashagan erkak qaynotasining uyida osilgan holda topilgan (video)

Olotda 5 yildan buyon ichkuyov bo‘lib yashagan erkak qaynotasining uyida osilgan holda topilgan (video)


Buxoro viloyati Olot tumanida besh yildan buyon ichkuyov bo‘lib yashagan 32 yoshli Narzulla Umarov joriy yilning 24-iyun kuni vafot etgan. Erkak qaynotasining uyida osilgan holda topilgan. Uning tanasida beshafqatlarcha yetkazilgan tan jarohatlari va kuyish izlari mavjud bo‘lgan. Bu haqda “My5” telekanalining “Markaziy studiya” axborot dasturida namoyish etilgan lavhada ma’lum qilingan.

Marhumning kichik akasi aytishicha, Narzulla voqea yuz bergan kuni soat 15:30 da katta akasiga telefon qilib, “2 daqiqadan keyin bu yerdan mening o‘ligimni olib ketasizlar“, deb aytgan.

Narzullaning katta akasi ma’lum qilishicha, ular ukasining qaynotasinikiga borib, uni molxonada osilgan holda topgan. Akaning so‘zlariga ko‘ra, osilgan ukasining oyog‘i tagida hech narsa bo‘lmagan. “O‘zini osadigan odam oyoq tagiga biror narsa qo‘yib osadi”, — deydi marhumning akasi.

Umarovlar oilasining ma’lum qilishicha, ular ekspertiza xulosasidan norozi. Katta akaning aytishicha, tergovchi Akmal Omonov ularga ekspertiza xulosasini bermagan va uning ukasi o‘zini-o‘zi o‘ldirganini aytgan. Kuyish esa quyosh urishi natijasida yuzaga kelganini ma’lum qilgan.

Akaning ma’lum qilishicha, odam oftobdan bu darajada kuymaydi. “1 soat 45 daqiqada bu darajada kuysa, bu qanday odam bo‘ladi?”, — deydi marhumning akasi.

Marhumning akalari aytishicha, mahalladan va ichki ishlar idoralaridan hech kim bu holat bilan qiziqib, oilaga murojaat qilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (29-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 67) ( 0) ( 67) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют