» » Angliya Liga Kubogi. “Manchester Siti” o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Aguerodan dubl

Angliya Liga Kubogi. “Manchester Siti” o‘z maydonida ishonchli g‘alabaga erishdi, Aguerodan dubl


Futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 4-bosqichi doirasida 29-oktabr, seshanba kuni Xosep Gvardiola boshqaruvidagi “Manchester Siti” o‘z maydonida “Sauthempton”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 20-daqiqasida “mankunianlar” himoyachisi Nikolas Otamendi Bernardu Silvaning uzatgan to‘pini “Sauthempton” darvozasiga joylab qo‘ygan bo‘lsa, 38 hamda 56-daqiqalarda argentinalik Serxio Aguero ikki bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi (3:0). 75-daqiqada esa mehmonlar vakili Jek Stivens hisobni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi (3:1).

Shu tariqa “shaharliklar” o‘z uyida “Sauthempton” ustidan 3:1 hisobida ustun keldi.

Angliya Liga Kubogi

4-bosqich bahsi

29-oktabr, seshanba

Gollar: 1:0 — 20 Otamendi, 2:0 — 38 Aguero, 3:0 — 56 Aguero, 3:1 — 75 Stivens

“Manchester Siti”: Bravo, Uoker (Joau Kanselu, 65), Otamendi, Erik Garsiya, Anxelinyo (Stounz, 79), Foden, Bernardu Silva, Doyl, Marez, Aguero, Gabriel Jezus (Bernabe, 87)

“Sauthempton”: Makkarti, Stivens, Danzo, Valeri, Bednarek, Romeu (Vokins, 90+1), Xeybyerg, Armstrong, Uord-Prouz, Bufal (Adams, 69), Long (Redmond, 68)

Ogohlantirish: Romeu (33)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют