» » Qamashi tumanida fermerlarga mog‘orlagan g‘alla urug‘i tarqatilmoqda

Qamashi tumanida fermerlarga mog‘orlagan g‘alla urug‘i tarqatilmoqda


Qamashi tumanidagi fermerlarga mog‘orlagan g‘alla urug‘i tarqatilmoqda. Holatdan norozi bo‘lgan fermerlar urug‘ tarqatuvchi mutasaddilarga bu haqda aytsa-da, mas’ullar bunga e’tibor bermayotganidan nolimoqda. Norozi fermerlar “Daryo”ga holat haqida ma’lum qildi.

“Xushvaqt bobo” fermer xo‘jaligi rahbari Mashrab Xushvaqtovning aytishicha, u 6 tonna 250 kilogramm g‘alla urug‘lik olgan, urug‘likning hammasi mog‘orlab ketgan. Ularni ekib bo‘lmaydi. Fermer bu holatni urug‘ beruvchilarga tushuntirgan. Ular kelib ko‘rgan va “Hech narsa qilmaydi, ekavering”, — degan. Fermer esa urug‘ni ekmasdan ushlab turibdi.

Fermer Mashrab Xushvaqtovning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi xodimlari ham xabar topgan.

“Inspeksiya xodimlari kelib ko‘rib ketdi, — deydi fermer. — Agar qaytarib olib kelsangiz, almashtirib beramiz deyishyapti. Men urug‘ni olib kelish uchun xarajat qilganman. Qaytarib olib borish va almashtirilgan urug‘ni olib kelish uchun yana xarajat qilamanmi? Nega mas’ullarning mas’uliyatsizligi sabab men ovora bo‘lishim kerak?”

Urug‘ni almashtirgan fermer xo‘jaliklarining ta’kidlashicha, almashtirilgan urug‘lar ichida ham mog‘orlagani bor.

Fermerlardan birining ma’lum qilishicha, u 12 tonna 150 kilogramm urug‘ olgan, ular mog‘orlagani bois almashtirgan. Almashtirilgan urug‘ ichidan ham mog‘orlaganlari chiqqan. Fermer esa urug‘ni ekmoqda.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi vakili Iskandar Tilovovning aytishicha, urug‘larning mog‘orlab ketgani bor gap. Tarqatilgan g‘alla urug‘ini qabul qilib olgan fermerlardan ikki nafari inspeksiyaga shikoyat qilgan. Inspeksiya tomonidan tekshiruv o‘tkazilganda, haqiqatan ham urug‘lar mog‘orlagani ma’lum bo‘lgan. Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, mas’ullarga xabar berilgan.

Iskandar Tilovovning qayd etishicha, Qamashi tumanidagi 300 dan ortiq fermer xo‘jaliklariga berilishi lozim bo‘lgan g‘alla urug‘i Yakkabog‘ tumanida dorilangan bo‘lib, Qamashiga keltirilganiga 15—20 kun bo‘lgan.

“Bu borada muammoga uchrayotgan fermer xo‘jaliklariga murojaat qilib, urug‘ almashtirib berilishini ta’minlaymiz”, — deydi inspeksiya mas’uli.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 09:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют