» » O‘zbekistonda 455 ta ko‘p qavatli bino avariya holatida ekanligi ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda 455 ta ko‘p qavatli bino avariya holatida ekanligi ma’lum bo‘ldi


Sanoat, qurilish va savdo masalalari qo‘mitasi tomonidan O‘zbekistonda ko‘p kvartirali uylarning holatini yaxshilash maqsadida Renovatsiya dasturini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish va Qurilish vazirliklarining axboroti eshitildi, deb xabar beradi O‘zA.

Ta’kidlanishicha, ayni paytda Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi tomonidan respublikadagi mavjud 34 584 ta ko‘p qavatli uy-joy fondi barcha yo‘nalishlar bo‘yicha xatlovdan o‘tkazilgan.

Xatlov natijasiga ko‘ra, respublikadagi jami ko‘p qavatli uylarning aksariyati 1990-yillargacha qurilgan. Uylarning 13 507 tasi ta’mirga muhtoj emasligi aniqlandi. Shuningdek, uylarning 20 622 tasi ta’mirga muhtoj, 455 tasida avariya alomatlari mavjudligi ma’lum bo‘lgan. 2019-yilning 1-oktabr holatida mazkur avariya holatidagi uylarning 285 tasi bo‘yicha hududlardagi loyiha tashkilotlari tomonidan tegishli xulosalar berilib, ularning 57 tasini buzish, 228 tasini ta’mirlash lozimligi qayd etildi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘tgan yilning dekabr oyida parlamentga yo‘llagan murojaatnomasida dunyoning yirik megapolislari tajribasini hisobga olgan holda renovatsiya dasturini amalga oshirish zarurligini ma’lum qilgandi.

Renovatsiya dasturining asosiy maqsadi bu favqulodda holatlarning oldini olish va ko‘p kvartirali uylarda istiqomat qilayotgan fuqarolarning hayoti xavfsizligini ta’minlash maqsadida eskirib qolgan ko‘p qavatli uylar o‘rnida bosqichma-bosqich yangi uy-joylar qurishni nazarda tutadi.

Unda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida uylarning yerto‘la va tom qismini teploizolyatsiya qilish, oynalarni zamonaviy romlarga almashtirish, 5 qavatli uylarga zaruratdan kelib chiqib tashqi liftlar o‘rnatish, uylarning fasad qismini shaharsozlik talablari asosida ta’mirlash, issiqlik ta’minoti tarmoqlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor mexanizmlarni joriy etish orqali samaradorlikni oshirish kabi masalalar rejalashtiriladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 09:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 83) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют