» » Bosh prokuratura Boysunda 18 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan bayonot berdi

Bosh prokuratura Boysunda 18 yoshli yigitning o‘z joniga qasd qilgani yuzasidan bayonot berdi


Avvalroq, Boysunda 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgan, huquq-tartibot organlari hamon bu borada hech qanday ma’lumot bermayotgani haqida xabar berilgandi. Bosh prokuratura mazkur holat yuzasidan bayonot berdi.

Ta’kidlanishicha, 2019-yil 24-sentabr kuni soat taxminan 21:00 larda Boysun tumani Gaza mahallasida yashagan Akobir yashash uyi molxonasining shift qismidagi yog‘och ustunga o‘zini osib, joniga qasd qilgani oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Boysun tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilgan.

Aniqlanishicha, Mamasharif ismli fuqaro kollej ma’muriyatiga murojaat qilib, 23-sentabr kuni darsdan qaytayotgan qiziga tosh otgan o‘quvchi Akobirga qonuniy chora ko‘rishini talab qilgan.

Qizning otasi Mamasharif jahldan tushmaganligi sababli kollej direktori Akobirning otasiga hamda Gaza mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlariga qo‘ng‘iroq qilib, kollejga kelishni so‘ragan. Birozdan so‘ng, kollejga mahalla kotibi, hudud profilaktika inspektori, profilaktika inspektorining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi, Akobirning akasi va bobosi kelgan va taraflar ishtirokida tushuntirish ishlari olib borilgan.

Bundan tashqari, Mamasharif qiziga tosh otgan Akobirga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘rab tuman IIBga ariza bilan murojaat qilgan. Ariza yuzasidan o‘tkazilgan tekshirish natijalariga ko‘ra, Akobirning harakatlarida Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 52-moddasi (“Yengil tan jarohati yetkazish”) 2-qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik alomatlari mavjud bo‘lsa-da, Akobir vafot etganligi sababli jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Hozirda marhumning qarindoshlari tomonidan kollejda bo‘lib o‘tgan muhokama davomida kollej direktori va boshqalar tomonidan Akobir urib tan jarohati yetkazganligi va uni haqorat qilib, kamsitganligi sababli uning o‘limiga sababchi bo‘lgan deb hisoblamoqda.

Mavzuga doir: Boysunda 18 yoshli yigit o‘z joniga qasd qildi. Huquq-tartibot organlari hamon bu borada hech qanday ma’lumot bermadi

“Boysun tuman prokuraturasi tomonindan ushbu holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, natijasiga ko‘ra, 24-sentabr kuni Akobirning vafot etganligi holatida biror bir shaxsning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud bo‘lmaganligi sababli, Jinoyat-protsessual kodeksining 83-moddasi 2-bandiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qaror qabul qilingan.

Marhumga nisbatan kollej ma’muriyati, profilaktika inspektori va boshqalar tomonidan qo‘pol va ayovsiz munosabatda bo‘lish, unga jismoniy va ruhiy azob yetkazish holatlariga yo‘l qo‘yilmagan”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 11:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 105) ( 0) ( 103) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют