» » Iroqdagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 250 nafardan oshdi

Iroqdagi norozilik namoyishlarida halok bo‘lganlar soni 250 nafardan oshdi


1-oktabrdan buyon davom etayotgan Iroqdagi norozilik namoyishida halok bo‘lganlar soni 250 nafardan oshdi, deb xabar berdi Al Jazeera.

Xabarga ko‘ra oktabr oyi davomida Bag‘dod va mamlakatning boshqa shaharlarida bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlari vaqtida halok bo‘lganlar soni 250 nafardan oshgan.

30-oktabr kuni tongda politsiyachilar bilan to‘qnashuvning o‘zida 14 nafar fuqaro halok bo‘lgan va yuzlab odamlar turli darajadagi jarohatlar olgan.

Mavzuga doir: Iroq shaharlarida talabalarning norozilik namoyishi bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishda halok bo‘lganlar soni 74 nafarga yetdi

Avval Bag‘dodda hukumatga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tayotgani sababli komendantlik soati e’lon qilingandi. Iroqdagi namoyishchilar mamlakatdagi ishsizlik, xizmat ko‘rsatishining sifatsizligi va hukumat tizimlarida poraxo‘rlikning chuqur ildiz otib ketganligiga nisbatan norozilik bildirmoqda.

Mavzuga doir:Iroqda norozilik ishtirokchilari viloyat hokimligi binosini yoqib yubordi

Inson huquqlari bo‘yicha Iroq oliy komissiyasi Bag‘doddan 100 kilometr janubdagi Karbalo shahrida bo‘lib o‘tayotgan norozilik namoyishlarida huquq-tartibot idoralari hamda xalq o‘rtasida yuzaga kelgan to‘qnashuvda 18 nafar odam halok bo‘lgani va 800 ga yaqin odamning turli darajadagi tan jarohatlari olganligini e’lon qilgan.

Iroqning bir nechta viloyatida hukumatga qarshi norozilik namoyishlari 1-oktabrda boshlangan. Kuchishlatar tizim hamda xalq o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida 157 nafar odam: 149 nafar fuqaro va 8 nafar xavfsizlik xizmati xodimlari halok bo‘lgan, qariyb 3,5 ming odam turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Keyinchalik Iroqdagi inson huquqlarini himoya qilish tashkilotlari mamlakatda qayta boshlangan va hanuzgacha davom etayotgan hukumatga qarshi noroziliklar vaqtida 63 nafar odamning halok bo‘lgani va 2,5 mingdan ortiq odamning turli darajadagi jarohati olganini xabar qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют