» » Toshkentda 1100 tonnadan ortiq shakar mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi

Toshkentda 1100 tonnadan ortiq shakar mahsulotlari talon-toroj qilingani aniqlandi


Toshkentda “A.E.P.” MChJ korxonasida xorijdan import qilingan 1103 tonna shakar mahsulotlari talon-toroj qilingani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, “A.E.P.” MChJ bosh direktorining murojaatiga asosan Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, korxona mansabdor va moddiy javobgar shaxslari xorijdan import qilingan 6,6 milliard so‘mlik jami 1 103 tonna shakar mahsulotlarini talon-toroj qilgani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan “A.E.P.” MChJ mansabdor va moddiy javobgar shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 61) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют