» » Jizzaxda qurilish ishlariga ajratilgan 2,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan kompaniya mansabdorlariga jinoiy ish ochildi

Jizzaxda qurilish ishlariga ajratilgan 2,6 mlrd so‘mni o‘zlashtirgan kompaniya mansabdorlariga jinoiy ish ochildi


Jizzaxda uy-joylar qurish uchun olingan kredit mablag‘larining 2 milliard 645 million so‘mini talon-taroj qilgan kompaniya mansabdor shaxslariga jinoiy ish ochildi. Bu haqda “Daryo”ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, “A.D.S” MChJ “Asaka banki” Jizzax viloyati filialidan ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun olingan kredit mablag‘larining 2 milliard 645 million so‘mini qurilish materiallari sotib olish uchun o‘tkazgan.

Ammo “A.D.S” mansabdor shaxslari mansab vakolatini suiiste’mol qilib,belgilangan obyektda qurilish ishlarini olib bormasdan, boshqa maqsadlar uchun sarflab, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilgan.

Mazkur holat yuzasidan “A.D.S” MChJ mansabdor shaxslariga nisbatan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (“O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 98) ( 0) ( 96) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют