» » Superliga. “Bunyodkor” “Andijon”ni yuta olmadi, “Qo‘qon-1912”da esa g‘alaba

Superliga. “Bunyodkor” “Andijon”ni yuta olmadi, “Qo‘qon-1912”da esa g‘alaba


Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 23-turi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni navbatdagi 2 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

“Buxoro” o‘z uyida “Qo‘qon-1912” klubini qabul qildi.

Uchrashuvdagi yagona gol 29-daqiqada penaltidan urildi. Unga Qo‘qon klubi sardori Murod Xolmuhammedov mualliflik qildi.

Shu tariqa “Qo‘qon-1912” safarda kechgan bahsda “Buxoro”ni kichik hisobda taslim qildi va muhim 3 ochkoni qo‘lga kiritdi.

Mazkur g‘alabadan so‘ng qo‘qonliklar ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 11-o‘rinni egallab turibdi. “Buxoro” esa 19 ochko bilan 13-o‘rinda bormoqda.

Shu kuni Vadim Abramov qo‘l ostidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi mehmonda “Andijon”ga qarshi maydonga tushdi.

Bellashuvning 90+2-daqiqasida “qaldirg‘ochlar” vakili Nurullo To‘xtasinov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan 2 daqiqa o‘tib mezbon jamoa a’zosi Shahzod Ubaydullayev hisobni tenglashtirdi (1:1).

Natijada o‘yin 1:1 hisobida yakunlandi va jamoalar bir ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 36 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida 4-o‘rinni band qilib turibdi. “Andijon” esa 24 ochko yig‘ib 10-o‘rinda bormoqda.

Superliga

23-tur bahslari

30-oktabr, chorshanba

Gol: 0:1 — 29, penalti Murod Xolmuhammedov

Gollar: 0:1 — 90+2 Nurullo To‘xtasinov, 1:1 — 90+4 Shahzod Ubaydullayev

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 76) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют