» » Adliya vaziri Ruslanbek Davletov: O‘zbek ayoli o‘z ustida ishlamay, hayotini ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘tkazib yubormasligi kerak

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov: O‘zbek ayoli o‘z ustida ishlamay, hayotini ro‘zg‘or tashvishlari bilan o‘tkazib yubormasligi kerak


Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini keskin oshirish lozim. Bu fikr Adliya vazirligida tashkil etilgan “Adliya vaziri va yoshlar” uchrashuvida O‘zbekiston adliya vaziri Ruslanbek Davletov tomonidan bildirildi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Tadbirda qatnashgan o‘quvchi qizlardan biri shunday savol vazirga murojaat qildi: “Bugun gender tengligi masalasiga yuqori darajada e’tibor qaratilyapti. Adliya vazirligida ayollar ko‘p ishlaydimi? Bir kun kelib ayol kishi ham adliya vaziri bo‘lishi masalasiga qanday qaraysiz?”.

Savolga javob berarkan, vazir munosib kadrlar kelsa, joyini “darrov bo‘shatib berishi”ni ta’kidlab o‘tgan.

Ayollarning davlat boshqaruvidagi rolini oshirishning keskin tarafdoriman. Keskin degan so‘zni bekorga aytmadim. Chunki biz davlat, svilizatsiya nuqtai nazaridan qiladigan ishlarimiz ko‘p.

O‘zbek ayoli deganda faqat uyda o‘tirib, farzand tarbiyalaydigan, o‘z ustida ishlamaydigan, hayotini ro‘zg‘or bilan bo‘lib, ishlamay o‘tkazadigan inson emas, yangilik qiladigan, davlat va jamiyatga foydam tegsin deb ishlaydigan, avlodlarni tarbiyalaydigan katta kuch, deb qarashimiz kerak. O‘ylaymanki, hali bu borada 10 foiz ham ish qilmadik.

Ertaga sizga o‘xshagan chaqqon, shaddod qizlar o‘sib kelsa, biz darrov joyimizni bo‘shatib beramiz. Vazirligimizda, mana, 3—4 boshqarma boshlig‘imiz ayol kishi, biz boshqarmaga boshliq bo‘lishga loyiq yana kim bor deb, doimiy izlab ham yuramiz.

Ruslanbek Davletov, O‘zbekiston adliya vaziri

Ma’lumot uchun, 1970—1984-yillarda O‘zbekiston adliya vazirligiga Mamlakat Sobirovna Vosiqova rahbarlik qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 21:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 74) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют