» » A Seriyada so‘nggi 19 yil ichida eng yuqori tomoshabinlar tashrifi kuzatilmoqda

A Seriyada so‘nggi 19 yil ichida eng yuqori tomoshabinlar tashrifi kuzatilmoqda


Futbol bo‘yicha Italiya chempionati ushbu mavsumida tomoshabinlar tashrifi hisoblab chiqildi.

Numeri Calcio portali ma’lumotlariga ko‘ra, Italiya chempionatida o‘rtacha tashrif 27 134 tomoshabinni tashkil etadi.

2000/01-yilgi mavsumdan keyin ilk bor o‘rtacha tashrif 27 ming tomoshabindan oshdi. Biroq u vaqtda musobaqada hozirgidek 20 jamoa emas, 18 ta klub qatnashar edi. O‘tgan mavsum esa o‘rtacha tashrif 25 500 kishini tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich bo‘yicha eng yaxshi natija “Inter”ga tegishli (64 271 nafar tomoshabin, jamoa 5 ta uy o‘yini o‘tkazgan). Uning ketidan “Milan” (56 050, 4) va “Yuventus” (39 651, 4) bormoqda.

Kuchli oltilikdan shuningdek, “Roma” (36 747, 5), “Fiorentina» (35 728, 5) va “Napoli” (35 636, 4) jamoalari o‘rin olgan. Eng yomon ko‘rsatkich esa “Sassuolo”ga (10 521, 4) tegishli.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (30-10-2019, 23:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 57) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют