» » La Liga. “Real” “Leganes” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)

La Liga. “Real” “Leganes” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 11-turi doirasida 30-oktabr, chorshanba kuni 5 ta o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Zinedin Zidan qo‘l ostidagi Madridning “Real” klubi “Santyago Bernabeu”da “Leganes”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida “Qirollik klubi” a’zolari Rodrigo Goes (7), Toni Kroos (8), Serxio Ramos (24, penalti), Karim Benzema (69, penalti) hamda Luka Yovich (90) o‘z hisobiga bittadan golni rasmiylashtirib qo‘ydi.

Shu tariqa madridliklar o‘z maydonida kechgan bahsda “Leganes” darvozasiga javobsiz 5 ta gol urib, yirik hisobda g‘alaba qozondi (5:0).

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real” ochkolari sonini 21 taga yetkazib oldi va jamoa musobaqa jadvalida 2-o‘ringa ko‘tarildi. Oxirgi o‘rinda borayotgan “Leganes” hisobida esa 5 ochko mavjud.

La Liga

11-tur bahslari

30-oktabr, chorshanba

Gollar: 0:1 — 24 Bardi, 0:2 — 40 Mayoral, 1:2 — 47 Villian Joze

Gollar: 0:1 — 45 Okampos, 1:1 — 81 Sobrino

Gollar: 1:0 — 4 Muniain, 2:0 — 17 Muniain, 3:0 — 79, avtogol Viktor Gomes

Gollar: 1:0 — 8 Emerson, 1:1 — 70, penalti Aspas, 2:1 — 90 Fekir

Gollar: 1:0 — 7 Rodrigo, 2:0 — 8 Kroos, 3:0 — 24, penalti Ramos, 4:0 — 69, penalti Benzema, 5:0 — 90 Yovich

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 06:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 83) ( 0) ( 82) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют