» » Toshkent metrosida texnik sabab va vagonda shubhali buyum qoldirilgani sababli 30-oktabr kuni 2 marta poyezdlar harakati to‘xtatildi

Toshkent metrosida texnik sabab va vagonda shubhali buyum qoldirilgani sababli 30-oktabr kuni 2 marta poyezdlar harakati to‘xtatildi


Toshkent metrosida 30-oktabr, chorshanba kuni soat 14:59 da Chilonzor yo‘nalishining “Mirzo Ulug‘bek” bekatida texnik sabablarga ko‘ra yo‘lovchilar poyezd vagonlaridan bekatga chiqarilgan. Bu haqda poytaxt metrosi ma’muriyati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, harakat tarkibi ishlamay qolgan va buning oqibatida poyezdlar harakati 7—8 daqiqaga to‘xtab qolgan.

Shu kuni soat 16:50 da vagonlardan birida shubhali buyum aniqlangani sababli “Buyuk ipak yo‘li” bekatida poyezdning yo‘nalishga chiqishi bekor qilingan. Poyezd harakati 3 daqiqadan keyin tiklangan.

Toshkent metropoliteni ma’muriyati o‘z xabarida vujudga kelgan noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ragan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 10:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 69) ( 0) ( 68) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют