» » Yangi xizmat kiyimi American Airlines xodimlarida allergiya xurujini keltirib chiqardi

Yangi xizmat kiyimi American Airlines xodimlarida allergiya xurujini keltirib chiqardi


Yangi xizmat kiyimi American Airlines aviakompaniyasining bir necha ming styuard va styuardessalarida allergiya xurujini keltirib chiqardi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

2016-yil kuzida an’anaviy ko‘k kiyim o‘rniga berilgan Twin Hill kompaniyasining yangi jun kostyumlarini kiyganidan so‘ng xodimlarning ko‘pchiligida darrov yoki vaqt o‘tishi bilan kuchli bosh og‘riqlari, yo‘tal, ko‘z toliqishi, nafas qisishi, toshma toshishi kuzatilgan.

Shundan so‘ng American Airlines yangi liboslar tufayli salomatligi yomonlashganlarni aniqlash uchun “Ishonch telefoni” ochishga majbur bo‘ldi. Aviakompaniyaning 4,6 mingdan ortiq xodimi boshqa firmalarning sintetik matolar yoki paxtadan tikilgan kiyimlarini kiyish istagini bildirdi.

Twin Hill vakillari kostyumni ishlab chiqarishdan avval barcha zarur tekshirishlar o‘tkazilgani, ular kiyim xavfsiz ekanligini ko‘rsatganini ma’lum qildi.

American Airlines rahbari Dug Parker ham yangi kiyimlar xodimlarning faqat bir qismida allergiya xurujini keltirib chiqarganligi, 75 ming xodimga ma’qul kelgani, shu bois ularni to‘liq qaytarib olish mushkul masala ekanligini bildirdi.

Опубликовано: admin (3-04-2017, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 89) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют