» » Ahmadboy ishi bo‘yicha uchinchi sud ishi hukmi e‘lon qilindi

Ahmadboy ishi bo‘yicha uchinchi sud ishi hukmi e‘lon qilindi


O‘zbekiston tarixidagi eng mashhur moliyaviy piramidani qurgan chinozlik Ahmadboy (Ahmadjon Tursunboyev) va uning sheriklariga nisbatan navbatdagi sud hukmi e‘lon qilindi. Bu haqda “Daryo”ga Oliy sud rasmiy vakili Aziz Obidov ma’lum qildi.

Ahmadboy va uning jinoiy sheriklariga nisbatan o‘tgan yili jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudi hukm chiqargan edi. Unga ko‘ra, Ahmadjon Tursunboyevga 13 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlgan, 1 yil tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlangan va eng kam ish haqining 400 baravari miqdorida jarimaga tortilgandi.

Mavzuga doir: Ahmadboy: “Pulning hammasi talon-toroj bo‘lib ketgan”

2019-yil 28-oktabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Quyichirchiq tuman sudi binosida sudlanuvchilar Ahmad Tursunboyev va boshqalarga (sudlanuvchilarning umumiy soni — 16) nisbatan jinoyat ishining tergov bilan yakunlangan qismini ko‘rib chiqish bo‘yicha uchinchi ochiq sud jarayoni nihoyasiga yetdi va sud hukmi e’lon qilindi.

Mazkur jinoyat ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining sudyasi X. Shermuhamedov raisligida ko‘rib chiqildi.

Sud jinoyat ishi materiallarini har tomonlama va to‘liq o‘rganib, Ahmadjon Tursunboyevni Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) 3-qismi “a”, “v” bandlarida ko‘zda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybdor deb topib, unga ushbu modda bilan 9 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinladi.

Mavzuga doir: Ahmadboy: Odamlar xudodan qo‘rqsin. Ular pulni o‘z xohishi bilan olib kelgan, hech kim majburlamagan (video)

Ahmadjon Tursunboyevga Jinoyat kodeksining 59-moddasi 8-qismi va 61-moddalari tartibida tayinlangan jazoga qisman jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudining 2019-yil 20-maydagi hukmi bilan tayinlangan jazosini qo‘shib, uzil-kesil o‘tash uchun 1 yil muddatga tadbirkorlik bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum qilgan holda 14 yil 3 oy ozodlikdan mahrum qilish hamda eng kam oylik ish haqining 400 baravari miqdorida 52 096 000 so‘m jarima jazolari tayinlandi.

Shu bilan birga, Ahmadjon Tursunboyevga tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazosining o‘talmagan muddati, Oliy Majlis Senatining 2016-yil 12-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘rt yilligi munosabati bilan amnistiya to‘g‘risida”gi Qarorining 6-bandi “b” kichik bandiga asosan to‘rtdan bir qismiga qisqartirildi. Jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash va jarimani davlat daromadi hisobiga undirish belgilandi.

Ushbu sud jarayonida 230 dan ziyod jabrlanuvchilar ko‘rsatmalari tinglandi va ularga yetkazilgan moddiy zarar undirilishi belgilandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 14:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 52) ( 0) ( 50) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют