» » Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ZTE “Intellektual sinfi” ochildi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida ZTE “Intellektual sinfi” ochildi


ZTE shirkati Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Smart Classroom loyihasini amalga oshirdi.

ZTE  kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 10 yildan ortiq vaqt mobaynida o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda, shirkat ishtirokida bir nechta ishlab chiqarish korxonasi tashkil etilib, turli sohalarda ko‘plab qo‘shma loyihalar amalga oshirildi.

Hozirgi paytda  ZTE Xitoy, AQSh, Fransiya, Shvetsiya va Koreyada 18 ta ilmiy-tadqiqot markaziga ega bo‘lib, ularda iqtisodiyotning turli sohalari uchun innovatsion yechimlar ishlab chiqiladi.  Fortune – 500 ro‘yxatiga kiruvchi yetakchi xalqaro kompaniyalar ZTE korporatsiyasi texnologiya va yechimlaridan foydalanadilar.

Bugungi kunda ZTE korporatsiyasi turli yechimlar taklif qilmoqda, shu jumladan elektron ta’lim sohasida ham.  Xususan, ZTE Toshkent axborot texnologiyalari universitetida Smart Classroom (“Intellektual sinf”) tizimini yo‘lga qo‘ydi.

Intellektual ta’lim” tizimi “aqlli universitetlar, kollej va maktablar”ni tashkil etishni nazarda tutadi. Tizim bilimlarni bir tomonlama singdirishdan voz kechib, shaxsga yo‘naltirilgan tadqiqotga asoslangan ta’limga o‘tish imkonini beradi, bu esa talabalar va o‘qituvchilarni ilhomlantiradi. Har bir talaba faoliyatini yanada batafsil tahlil qilish, ularning qobiliyatlarini aniqlash imkonini beradi. Zero O‘zbekiston tarixan iste’dodlarga boy bo‘lgan. Ushbu “aqlli sinf”  talabalarga  fanlarni yanada batafsil o‘rganish imkonini beradi. Har bir dars serverga yoziladi va ishtirokchilarga o‘tilgan darslarni uyda kompyuter yoki telefonda takrorlash imkonini beradi. Bunda har bir darsni qo‘lda yozib vaqt sarflanmaydi. O‘qituvchi  planshetlarga o‘rnatilgan “e-test” tizimidan foydalanib talabalarni darrov tekshirish va bilimlarini  munosib baholash imkoniga ega bo‘ladi. Rahbarlar elektron kitob va buyruqlar chiqara oladilar, bu esa ularni darhol tarqatish imkonini beradi. Ota-onalar farzandlarining o‘qish jarayonini darrov tekshira oladilar.

Shuningdek bu sinf xorijlik professorlar bilan bog‘lanish va talabalar, maktab o‘quvchilarining mahorat darsini real vaqt maromida translyatsiya qilish va bilimlardan foydalanish imkoniyatini barcha universitetlar, kollejlar va maktablarga taqdim etish imkonini beradi.  Ushbu “smart sinf” elektron ta’limga oid katta tizim modullaridan biri hisoblanadi.  Elektron ta’lim tizimi ta’lim va moddiy resurslarning notekis taqsimoti, butun respublika bo‘ylab ta’lim olish imkoniyatini ta’minlash kabi ko‘plab muammolarni hal qilishga xizmat qiladi. Bizning kompaniya elektron ta’lim tizimini Xitoy, Rossiya, Turkiya, Misr, JAR, Belorussiya va boshqa mamlakatlarda muvaffaqiyatli tadbiq etdi.

Reklama huquqi asosida

Xizmatlar litsenziyalangan

Опубликовано: admin (3-04-2017, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 71) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют