» » O‘zbekistonda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil etildi

O‘zbekistonda Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi tashkil etildi


“Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Qarorga muvofiq, Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi etib qayta tashkil etildi.

Markazning asosiy vazifalaridan biri xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini o‘rganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilishdan iborat.

Qarorga ko‘ra, markaz nodavlat notijorat tashkiloti shaklidagi yuridik shaxs hisoblanadi. Markaz direktori Prezident huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish bo‘yicha maslahat kengashi rahbari o‘rinbosari hisoblanadi.

2019-yil 1-noyabrdan Yagona tarif setkasi bo‘yicha mehnatga haq to‘lashning tasdiqlangan razryadlariga ko‘ra markaz xodimlarining lavozim maoshlarini belgilashda tarif koeffitsiyentlari ikki baravar oshirilgan miqdorda qo‘llaniladi.

Shuningdek, markaz rahbarlari xodimlarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish to‘g‘risida iltimosnoma kiritishi mumkin bo‘lgan davlat organlari va boshqa davlat tashkilotlari ro‘yxatiga kiritildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 19:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют