» » Farg‘onada kuyovini himoya qilgan qaynog‘a 29 yoshli yigitni o‘ldirdi

Farg‘onada kuyovini himoya qilgan qaynog‘a 29 yoshli yigitni o‘ldirdi


Farg‘onaning Dang‘ara tumani, “Qiyali” mahallasida janjallashayotgan kuyovining yonini olgan erkak 29 yoshli yigitni pichoqlab o‘ldirdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, voqea 30-oktabr, chorshanba kuni soat 17:00 larda sodir bo‘lgan. A.Y. yashash xonadonida tanishi 29 yoshli Z.U. bilan o‘rtalarida kelib chiqqan nizo sababli o‘zaro janjallashib turgan vaqtda A.Y.ning qaynog‘asi 43 yoshli U.J. ularning janjaliga aralashgan. So‘ng oshxona pichog‘i bilan Z.U.ning o‘ng ko‘krak yuqori sohasiga bir marotaba urib qasddan o‘ldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan U.J.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (Qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 10 yildan 15 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 20:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 54) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют