» » AQSh Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani qatorasiga uchinchi marta pasaytirdi

AQSh Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani qatorasiga uchinchi marta pasaytirdi


AQSh Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani 25 punktga, 1,5 — 1,75 foizgacha pasaytirdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.

Mazkur qaror aksariyat ekspertlar tomonidan kutilayotgan bo‘lgani uchun bozorlar tomonidan xotirjamlik bilan qarshi olindi.

Federal zaxira tizimi bayonotida stavkaning kelgusi darajasi haqidagi qaror bandlik va inflyatsiya darajasi, shuningdek, amaldagi va kutilayotgan iqtisodiy vaziyatdan kelib chiqib qabul qilinishi ta’kidlanadi.

Ma’lumot uchun, Federal zaxira tizimi bazaviy stavkani qatorasiga uchinchi marta pasaytirmoqda — bungacha iyun va sentabrda shunday qarorlar qabul qilingandi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-10-2019, 22:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 42) ( 0) ( 40) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют