» » Navoiyda pista po‘chog‘i va sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlagan fuqarolar jarimaga tortildi

Navoiyda pista po‘chog‘i va sigareta qoldig‘ini belgilanmagan joyga tashlagan fuqarolar jarimaga tortildi


Navoiy shahar Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘limi xodimlari tomonidan shahar markaziy ko‘chalarida chiqindilarni istalgan yerga tashlab ketish holatlarini aniqlash maqsadida tezkor reyd tadbirlari o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Reyd davomida Navoiy shahar “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan Guliston dehqon bozori atrofida fuqaro K.N. tomonidan pista po‘choqlarini tashlagan vaqtda bo‘lim xodimlari tomonidan to‘xtatilib, jarimaga tortilgan.

Shuningdek, fuqaro D.R. “Yangi hayot” savdo majmuasi oldida joylashgan avtomobillar turargohi hududiga sigareta qoldig‘i va qog‘oz chiqindilarini belgilanmagan joyga tashlayotgan paytda to‘xtatilib, unga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan va EKIHning yarim barobari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Ma’lumot uchun, chiqindilarni belgilanmagan joylarga tashlash, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 91-moddasi, 1-qismiga asosan jarima qo‘llanilishiga sabab bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 03:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют