» » Zangiotada bir oilaning 3 a’zosini mast haydovchi mashinada urib yubordi, oila boshlig‘i vafot etdi (video)

Zangiotada bir oilaning 3 a’zosini mast haydovchi mashinada urib yubordi, oila boshlig‘i vafot etdi (video)


Toshkent viloyati Zangiota tumanida mast haydovchi avtomobilda bir oilaning uch a’zosini urib yubordi. Ikki farzand kasalxonada, oila boshlig‘i esa vafot etdi. Bu haqda MY5 telekanalining “Markaziy studiya” axborot dasturida xabar berildi.

Avtohalokat 8-oktabr kuni soat 00:30 da yuz bergan. Halok bo‘lgan oila boshi Obidjon Mamajonovning o‘g‘illaridan biri, Bahodirning aytishicha, voqeadan biroz oldin u yo‘l chetida qolgan. Uning otasi, akasi va ukasi yo‘l chetidan ketayotganda, avtomobil uning yonidan o‘tgan oila a’zolarining orqasidan urib yuborgan. Haydovchi mast holatda bo‘lgan.

Qayd etilishicha, oq rangli Matiz’ning 34 yoshli haydovchisi hodisadan keyin mashinadan tushib, voqea joyidan qochgan. Bahodirning otasi Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam markaziga olib borilgan va u yerda olti soat davomida operatsiya qilingan.

1990 va 1996-yilda tug‘ilgan Baxtiyor va Bahrom Mamajonov jarohat olgan. 51 yoshli Obidjon Mamajonov esa 27-oktabr kuni jonlantirish bo‘limida vafot etgan.

Bahodir Mamajonovning ma’lum qilishicha, Zangiota tumani IIB xodimlari va mahalla posbonlari holat bilan qiziqmagan.

“Markaziy studiya” tomonidan xabar berilishicha, Zangiota tumani IIB holat yuzasidan haydovchiga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 08:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 93) ( 0) ( 91) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют