» » Qarshida Nexia va Laсetti ishtirokidagi YTHda 9 kishi jarohatlandi

Qarshida Nexia va Laсetti ishtirokidagi YTHda 9 kishi jarohatlandi


Qarshida Nexia va Laсetti ishtirokidagi YTH sodir bo‘ldi, deb xabar bermoqda Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov departamenti matbuot xizmati.

Hodisa 31-oktabr kuni soat 21:40 da yuz bergan. N.X. fuqaro Sh.J.ga tegishli Laсetti avtomashinasini ishonchnoma orqali Qarshi—Yettitom 4R87 avtomobil yo‘lining Yettitom yo‘nalishi bo‘ylab boshqarib borayotib, yo‘lning 50 kilometrida qarama-qarshi yo‘nalishdan harakatlanib kelayotgan R.Z. boshqaruvidagi Nexia avtomashinani yo‘liga chiqib ketib urilgan.

Oqibatda Nexia haydovchisi R.Z. va yo‘lovchilar S.U., E.R., S.K.lar hamda Laсetti haydovchisi N.H. va yo‘lovchilar D.S., M.R., G.N., N.N.lar tan jarohatlari olib shifoxonaga yotqizilgan.

Holat yuzasidan Qarshi tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda va natijasiga ko‘ra Jinoyat-protsessual kodeksining 329-moddasi tartibida qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 12:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют