» » Tibbiy radioizotoplar yaratish sohasida inqilob ro‘y berdi

Tibbiy radioizotoplar yaratish sohasida inqilob ro‘y berdi


Kanadadagi ikki yetakchi ilmiy tadqiqot muassasalari – TRIUMF va CNL birgalikda saraton kasalliklarini davolashda qo‘llaniladigan va eng noyob radioizotop moddalardan bo‘lgan aktiniy-225 moddasini sanoat miqyosida ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Bu haqda World Nuclear News portali xabar bermoqda.

Olimlar aktiniy-255 ni (255Ac) Vankuverdagi 520 MeV quvvatga ega TRIUMF zarrachalar tezlatgichida yuqori energetik siklotron vositasida sintez qilishgan va Onatriodagi Kanada yadro laboratoriyalari (CNL) markazida qayta ishlab, tibbiyot uchun qimmatli preparat shakliga keltirilgan.

Aktiniy-255 bu – alfa-nurlanuvchi izotop bo‘lib, uni saraton hujayralariga ta’sir qiladigan va uni yo‘q qiladigan antitelo yoki oqsil bilan uyg‘unlashtirish mumkin. Bunday muolajada maxsus molekulalar faqat saraton hujayralarini o‘ldiradi va atrofdagi boshqa, sog‘lom hujayralarga ta’sir qilmaydi. Boz ustiga, aktiniy-255 ning yarim yemirilish davri atigi 10 kun bo‘lib, ya’ni u mijoz tanasida yig‘ilib qolmaydi. Bu usulda davolash tibbiyotda alfa-terapiya deyiladi.

Bunday usulda davolash boshqa davolash usullari samara bermagan kasallik – prostata bezi saratonini davolashda yaxshi natija ko‘rsatgan. Biroq aktiniy-255 moddasining jahon bo‘ylab ishlab chiqarilish hajmi shu darajada kam bo‘lganki, natijada bu moddaning narxi keskin qimmat bo‘lgan va sanoqli odamlargina, ushbu alfa-terapiyalardan foydalana olgan. Gap unga yarasha pul topishda ham emas, balki aktiniy-255 ning o‘zi yo‘qligi bilan bog‘liq edi. Ta’bir joiz bo‘lsa, aktiniy-255 – Yer yuzidagi eng-eng-eng noyob dori sanalgan (hozir ham shunday). Shu sababli saratonni davolashda eng istiqbolli va samarali dori bo‘lgani bilan ushbu muolajani prostata bezi saratonidan boshqa saraton turlariga qo‘llashning imkoni bo‘lmagan. Buning sababi, boshqa saraton turlarida davolash usullari va muolaja turlari kamida ikkita-uchtadan bo‘lib, unga mos dorilar ham bo‘lgan. Lekin u dorilar ta’siri alfa-terapiyachalik bo‘lmagan. Alfa-terapiya faqat prostata bezi saratonida qo‘llanishi sababi esa bu kasallikda shundan boshqa davolash usuli bo‘lmagan va aytilganidek, undan ham faqat sanoqli odamlar foydalana olgan. Sababi, Ac-255 ning dunyo bo‘yicha ishlab chiqarish hajmi faqat sanoqli bemorlarga yetgan xolos.

Endilikda TRIUMF va CNL olimlari tomonidan sanoat miqyosida ishlab chiqarilishi yo‘lga qo‘yilgan Ac-255 bilan boshqa saraton turlarini davolashda ham katta samarali natijalarga erishilishi kerak. “Bu butun Kanada va jahon bo‘ylab minglab bemorlarga saratondan butunlay qutulish imkonini beruvchi muhim qadam bo‘ldi. Endilikda aktiniy-255 topib bo‘lmaydigan noyob dori emas va uning narxi ham keskin arzonlashadi”, – deyiladi TRIUMF direktori Jon Bagerning bayonotida.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 54) ( 0) ( 52) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют