» » Andijonda Damas o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Andijonda Damas o‘g‘irlagan voyaga yetmagan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi


Andijon shahrining Boburshoh ko‘chasida joylashgan “Karaoke 777 bar” nomli kafe oldida A.O. tomonidan orqa eshigi ochiq holda qarovsiz qoldirilgan “Damas” avtomashinasi olib qochildi. IIV huzuridagi Tergov departamentining ma’lum qilishicha, hodisa 29-oktabr kuni soat taxminan 20:10 da sodir bo‘lgan.

Holat yuzasidan 30-oktabr kuni Andijon shahri bo‘yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan noma’lum shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 267-moddasi 1-qismi (transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ushbu moddada 5 yildan 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Andijon viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu jinoyatni voyaga yetmagan M.X. sodir etganligi aniqlanib, u olib qochilgan Damas’ni Xo‘jaobod tumani, Uzun ko‘chasida boshqarib ketayotganida YHXB xodimlari tomonidan ushlangan.

Hozirda mazkur jinoyat ishi bo‘yicha dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 16:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 77) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют