» » O‘zbekistonda 2020-yilda budjet mablag‘lari nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi

O‘zbekistonda 2020-yilda budjet mablag‘lari nimalarga sarflanishi ma’lum qilindi


Moliya vazirligi 2020-yil davlat budjeti loyihasiga bag‘ishlangan “Fuqarolar uchun budjet” axborot nashrining navbatdagi sonini taqdim etdi.

Unda davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalarining 2020-yil uchun daromadlari va xarajatlari prognozlari, shuningdek, 2021—2022-yillar uchun budjet mo‘ljallari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rsatilgan.

Jumladan, ta’lim sohasiga 30 trillion so‘m yo‘naltirilishi kutilmoqda. Bu davlat budjeti xarajatlarining qariyb yarmini, ijtimoiy sohaga yoki umumiy xarajatlarning 22,9 foizini tashkil etadi. Shundan 5 trillion so‘mdan ortig‘i makatabgacha ta’limga, 20 trilliondan ortig‘i yoki umumiy ta’lim xarajatlarining 70 foizi umumta’lim va maktabdan tashqari muassasalarni moliyalashtirish uchun yo‘naltiriladi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda fuqarolar o‘zlari yashayotgan hududdagi maktab yoki kasalxona uchun davlat budjeti qancha mablag‘ ajratayotganini kuzata oladi

Sog‘liqni saqlash sohasiga 14 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan. Ushbu mablag‘lardan shoshilinch tibbiy yordam, rejali tibbiy yordam, ixtisoslashgan tibbiy yordam, palliativ tibbiy yordam xarajatlari qoplanadi.

Shuningdek, 2020-yilda aholiga nafaqalar, moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlariga davlat budjeti hisobidan 6,5 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratiladi. Bu 2019-yilda tasdiqlangan parametrlardan 23 foizga ko‘pdir.

Pensiya ta’minoti uchun 8 trillion so‘m miqdorida mablag‘ ajratish ko‘zda tutilgan.

“Fuqarolar uchun budjet”ning 2020-yilga mo‘ljallangan loyihasini to‘liq ko‘rinishda quyidagi havola orqali PDF formatda yuklab olish mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 17:42)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 78) ( 0) ( 76) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют