» » AQSh Rossiyani Chilidagi tartibsizliklarga aloqadorlikda aybladi

AQSh Rossiyani Chilidagi tartibsizliklarga aloqadorlikda aybladi


Rossiya ijtimoiy tarmoqlardagi trollinglar yordamida Chilidagi vaziyatga ta’sir o‘tkazishga urinmoqda. Bu haqda AQSh Davlat departamenti vakili ma’lum qildi, deya xabar beradi “Kommersant”.

Davlat departamenti vakiliga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar “ayrim shaxslar Chilidagi tartibsizliklardan foydalanib, ijtimoiy tarmoqlar yordamida va trollingni suiste’mol qilish evaziga vaziyatni buzib ko‘rsatgani”ni qayd etgan.

“Biz Rossiyaning Chilida vaziyat izdan chiqishini qo‘llab-quvvatlashdagi faolligi alomatlarini ko‘ryapmiz”, — deyiladi bayonotda.

Aytilishicha, chetdan aralashuv Chilida tang vaziyat yuzaga kelishining yagona sababi emas, biroq Rossiya kelishmovchiliklarni chuqurlashtirish, mojaroni avj oldirish, shuningdek, demokratik bahslar bo‘lib o‘tishiga to‘sqinlik qilishga urinmoqda.

Mavzuga doir:

Chili rasmiylari Vashingtonning Rossiyaga nisbatan bu ayblovlariga hozircha hech qanday munosabat bildirmadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 19:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 47) ( 0) ( 46) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют