» » Navoiyda yana bir “Tez yordam” xodimi tahqirlandi (video)

Navoiyda yana bir “Tez yordam” xodimi tahqirlandi (video)


Navoiyda yana bir “Tez yordam” xodimi tahqirlangani videosi paydo bo‘ldi, deb yozmoqda “Xabar.uz”.

Unda uy ichida ichki kiyimdagi erkak avvaliga yerda yotgani, so‘ng o‘rnidan turib, tibbiyot xodimini kamsitib, tahqirlashga o‘tgani tasvirlangan. Birozdan so‘ng xonaga ikki nafar ichki ishlar xodimi kirib kelgan. “Bemor” tibbiyot xodimining ustidagi kurtkasini yechib, yelkasiga kuch bilan urgan. Shundan so‘ng ichki ishlar xodimlari uni ajratishga tushgan.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda 10 oyda 9 milliondan ko‘proq kishi “Tez yordam”ga murojaat qildi

Xabarda aytilishicha, voqea 31-oktabr, payshanba kuni soat 18:00 lar atrofida Uchquduq tumanida sodir bo‘lgan. Tahqirga uchragan “Tez yordam” xodimi sog‘lig‘i yomonlashgani uchun shu kuni tuman markaziy shifoxonasiga murojaat qilgan. Uning murojaati soat 20:00 da qayd qilib, IIB navbatchi qismiga xabar berilgan.

Mavzuga doir: 



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 19:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 94) ( 0) ( 93) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют