» » “O‘zneftgazinspeksiya” tabiiy va suyultirilgan gazning 5 mlrd so‘mga yaqin miqdorda o‘g‘irlanish holatini aniqladi

“O‘zneftgazinspeksiya” tabiiy va suyultirilgan gazning 5 mlrd so‘mga yaqin miqdorda o‘g‘irlanish holatini aniqladi


Joriy yilning oktabr oyi davomida “O‘zneftgazinspeksiya” tomonidan respublikada gazdan noqonuniy foydalanish va aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berish bo‘yicha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida katta hajmda gaz o‘g‘irlanish holatlari aniqlandi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, yetkazilgan zarar 4 milliard 778 million so‘mni tashkil etdi.

Umuman olganda joriy yilning 1-oktabrdan 25-oktabrgacha o‘tkazilgan tadbirlar natijasida respublika bo‘yicha 208 ta holat aniqlanib, 3 milliard 885 million so‘mlik 4 million 209 ming metr kub gazdan noqonuniy ravishda foydalanib zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Xususan, Farg‘ona hamda Jizzax viloyatida joylashgan “Zafarobod agroeksport” va “Quvasoy shaffof ohak” korxonalariga qarashli ohak ishlab chiqarish sexida jami 1 milliard 690 million so‘mlik, 1 million 873 ming metr kub, shuningdek, Toshkent viloyatida joylashgan “Vayt Keramik” MChJga qarashli chinni sexida jami 128 772 metr kub tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilganligi aniqlandi.

“Suyultirilgan gazni gaz ballonlarda aholiga tarqatishga kelsak, tadbirlar natijasida 13,1 million so‘mlik 3,9 tonna kamomad, 9,5 million so‘mlik 2,8 tonna ortiqchalik, 12,5 million so‘mlik 3,7 tonna asossiz hisobdan chiqarish, 155,9 million so‘mlik 46,5 tonna iste’molchilar haqidan urib qolish hisobiga o‘zlashtirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Shuni ta’kidlash kerakki, 2019-yilning boshidan 2500 dan ortiq tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanish holatlari hamda suyultirilgan gazni gaz ballonlarda tarqatish bo‘yicha 200 dan ortiq holatlar aniqlangan bo‘lib, tegishli choralar ko‘rish uchun hujjatlar huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi.

Siqilgan va suyultirilgan gazdan foydalanish qoidalariga rioya qilish bo‘yicha tadbirlar davom etmoqda”, — deyiladi xabarda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (1-11-2019, 23:27)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 73) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют