» » Navoiyda tez tibbiy yordam xodimi tahqirlangani haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi

Navoiyda tez tibbiy yordam xodimi tahqirlangani haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi


Navoiyda yana bir tez tibbiy yordam xodimi tahqirlangani haqidagi xabarlarga IIB munosabat bildirdi.

Mavzuga doir: Navoiyda yana bir “Tez yordam” xodimi tahqirlandi (video)

Ma’lum bo‘lishicha, 31-oktabr kuni soat 17:40 da Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi tez tibbiy yordam bo‘limiga P.E. tanishi X.K. sog‘ligi yomonlashganligi haqida xabar bergan. Murojaatga asosan tez yordam bo‘limi navbatchi shifokori B.N. va navbatchi feldsher R.U. ishirokidagi navbatchi guruh belgilangan manzilga soat 17:4 da yetib kelgan.

Tibbiyot xodimlari kelguniga qadar K.X. mast holatda uxlayotgan bo‘lgan, ular kelganidan so‘ng uyg‘onib navbatchi shifokor N.B. egniga ko‘k rangli tibbiyot xalati ustidan qishki kurtka kiyganligi sababli, “nima uchun oq xalatda emassan, nima uchun meni oyog‘ing bilan turtib uyg‘otding” deb u bilan o‘zaro janjallashgan.

Janjal vaqtida K.X. shifokor N.B.ning ko‘krak qismiga qo‘li bilan bir marotaba urib E.P. bilan birga har xil so‘zlar bilan haqoratlagan.

Janjal bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman IIB HPB TP profilaktika inspektori E.I.ga soat 17:49 da navbatchi feldsher U.R. telefon orqali xabar bergan. Xabar asosida profilaktika inspektorlari E.I., F.P. va A.I. voqea joyiga kelib, janjalni to‘xtatgan.

Video tasvirda ham Ichki ishlar xodimini tomoshabin emas, balki holatni to‘g‘ri baholab undan so‘ng tezkorlik bilan harakat qilgani aks etgan. Profilaktika inspektorlari zudlik bilan mast holdagi fuqarolarni reablitatsiya qilish markaziga olib kelib joylashtirgan.

Holat yuzasidan N.B., K.X., E.P., U.R.dan tushuntirish xati olinib, sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 10:57)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют