» » Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi qanday tartibda berilishi ma’lum bo‘ldi

Zo‘ravonlikdan jabrlangan ayollarga himoya orderi qanday tartibda berilishi ma’lum bo‘ldi


Ichki ishlar vazirligi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qarori loyihasini muhokamaga qo‘ydi.

Qarorga ko‘ra, “Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom hamda “Tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarning zo‘ravonlik xulq-atvorini o‘zgartirish bo‘yicha tuzatish dasturidan o‘tish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birgalikda tazyiq va zo‘ravonlik natijasida jabrlanganlar, shuningdek, tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoxud ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslar to‘g‘risidagi yagona elektron ma’lumotlar bazasini shakllantiradi va uning doimiy ravishda yangilanib borilishini hamda vakolatli davlat organlariga integratsiya qilinishini ta’minlaydi.

Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizlarga himoya orderini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ko‘ra, himoya orderi muvofiq seriya va raqamga ega bo‘lgan, qat’iy hisobi yuritiladigan, faqatgina tazyiq va zo‘ravonlik sodir etgan yoki sodir etishga moyil bo‘lgan shaxslarga nisbatan belgilangan cheklovlarni qayd etish hujjat hisoblanadi.

Himoya orderi ichki ishlar organlarining tayanch punkti profilaktika (katta) inspektori tomonidan beriladi.

Profilaktika inspektori jabrlangan xotin-qizlarga va zo‘ravon shaxslarga quyidagilarga asosan himoya orderini beradi:

Fuqarolar yig‘inlari raislari va faollari, xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni mustahkamlash bo‘yicha mutaxassislar hamda vakolatli organlar va tashkilotlar xodimlari yoki boshqa yuridik shaxslar jabrlangan xotin-qizlar bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lgan vaqtda uni 24 soat ichida muvofiq shakldagi xabarnomani ichki ishlar organlariga yoki profilaktika inspektoriga taqdim etadi.

Jismoniy shaxslar tomonidan og‘zaki yoki aloqa vositalari orqali berilgan xabarlar, ichki ishlar organlari navbatchilik qismidagi xabarlarni qayd etish kitobiga yoki tayanch punktida yuritiladigan fuqarolarni qabul qilish kitobga qayd etiladi yoki ularning xohishiga ko‘ra sir saqlanishini ta’minlagan holda qonun hujjatlariga muvofiq qayd etiladi.

Olingan murojaatlar va xabarlar ichki ishlar organlari navbatchilik qismi navbatchisi tomonidan belgilangan tartibda qayd etilgandan so‘ng, uch soat ichida profilaktika inspektoriga taqdim etadi.

Profilaktika inspektori ichki ishlar organlari navbatchilik qismlari tomonidan hamda taqdim etilgan xabarlarni zudlik bilan o‘rganib chiqadi hamda mazkur xabarlarda himoya orderi berishga asos bo‘lgan holatlarni aniqlagan taqdirda himoya orderini jabrlangan xotin-qizlarga va zo‘ravon shaxslarga belgilangan tartibda rasmiylashtirib beradi.

Shaxs himoya orderini olish va uni imzolashni rad etgan taqdirda, profilaktika inspektori xolislar ishtirokida dalolatnoma tuzadi.

Himoya orderi rasmiylashtirilganda barcha yozuvlar ko‘k (havorang) siyohli ruchkada, tushunarli qilib yoziladi.

Himoya orderi uch qismdan iborat:

Profilaktika inspektori himoya orderini rasmiylashtirishda xotin-qizlarga nisbatan o‘tkazilgan tazyiq va zo‘ravonlik holatidan kelib chiqqan holda zo‘ravon shaxsga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunining 26-moddasidagi bitta yoxud bir nechta cheklovni birga qo‘llashi mumkin.

Himoya orderining amal qilishi quyidagi holatlarda to‘xtatiladi:

Profilaktika inspektori jabrlangan xotin-qizlar va zo‘ravon shaxslar haqidagi ma’lumotlar kiritilgan statistik kartochkalarni bir ish kunida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari va viloyatlar ichki ishlar boshqarmalarining axborot izlov bazasi (keyingi o‘rinlarda ma’lumotlar bazasi deb yuritiladi)ga kiritish uchun ichki ishlar organlarining huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘linmalariga taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 13:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 70) ( 0) ( 70) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют