» » Malida terrorchi va harbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuv qurbonlari 50 nafardan oshdi

Malida terrorchi va harbiylar o‘rtasidagi to‘qnashuv qurbonlari 50 nafardan oshdi


Malida jangarilar va mamlakat harbiylari o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda halok bo‘lganlar soni 50 nafardan oshdi, ular orasida bir nafar fuqaro ham bor. Bu haqda Mali kommunikatsiyalar vaziri Yaya Sangare ma’lum qildi, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

“Indelimandagi qurolli kuchlar pozitsiyaga qilingan hujum natijasida 54 nafar odamning jasadlari topildi, ularning bir nafari fuqaro, qolgani harbiylar. 10 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgan va omon qolgan. Vaziyat nazoratga olingan”, — deb yozgan Sangare Twitter’da. Shuningdek, vazir halok bo‘lganlarning shaxslari aniqlanganini ham ma’lum qildi.

Mavzuga doir: Malidagi portlash oqibatida 17 kishi halok bo‘ldi

1-noyabr kuni jangarilar Menaka viloyatidagi blokpostga hujum uyushtirgan va dastlab to‘qnashuvda 35 nafar odamning halok bo‘lgani ma’lum qilingandi. Mali hukumati ushbu hujum ortida terrorchilar turganligini bildirib uni qoralagan, ammo mamlakat hududidagi hech bir jangari tashkilot ushbu hujum uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga olmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 14:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 75) ( 0) ( 74) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют