» » Shri-Lankada turistlarni sayr qildirgan fil kuchli charchoq sabab halok bo‘ldi (foto)

Shri-Lankada turistlarni sayr qildirgan fil kuchli charchoq sabab halok bo‘ldi (foto)


Shri-Lankada turistlarni sayr qildirgan fil kuchli charchoq tufayli vafot etdi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Jonivor jazirama issiqda Sigiriyaga yaqin hududga turistlarni sayr qildirgan.

Internetda e’lon qilingan suratlarda 18 yoshli Kanakota laqabli fil jasadining yerda oyoqlarida zanjirlar bilan o‘lib yotganligini ko‘rish mumkin.

Hayvonlarni himoya qiluvchilarning ma’lumotiga ko‘ra, fil o‘limidan oldin turistlarning uchta guruhini sayr qildirgan. Filbon esa tig‘li metall nayza (ankus) bilan uni kaltaklagan.

Shuningdek, keyinroq Kanakotaning sayrlardan avval fillar paradida ishtirok etgani ham ma’lum bo‘ldi. Tadbirda fillar bezatilib, ustiga og‘ir narsalar, o‘rindiq va boshqa buyumlarni ortiladi. Parad yakuniga yetgach fillar yana turistlarni sayr qildirish jarayoni boshlanadi.

Osiyoda 3000 atrofidagi fillar sayyohlarga sayr qildirish xizmatlarini ko‘rsatadi. Ularning 77 foiziga nisbatan filbonlarning zo‘ravonlik bilan munosabatda bo‘lishi aniqlangan. Shri-Lankada filning nima uchun o‘lganligi tergov organlari tomonidan surishtirilmoqda.

Mavzuga doir:

Avval Tailandda 6 ta filning suvga cho‘kib, Zimbabveda esa 55 ta filning ochlik va tashnalikdan halok bo‘lgani, shuningdek, BBC hujjatli filmlarida tanilgan katta filning Keniyada o‘lgani xabar qilingan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 15:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 73) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют