» » Fotogalereya: Lotin Amerikasida O‘liklar kuni nishonlanmoqda

Fotogalereya: Lotin Amerikasida O‘liklar kuni nishonlanmoqda


Dunyoda bir-biridan g‘alati bayramlar va festivallar ko‘p. Ana shunday festivallardan biri Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShning ispanzabon janubiy shtatlarida o‘tkaziladigan O‘liklar kuni (El D?a de Muertos) festivalidir. Bu festival ikki kun – 1–2-noyabr kunlari o‘tkaziladi. Festival tarixi 2500–3000 yilga borib taqaladi deb hisoblanadi.

2003-yilda YuNESKO ushbu bayram-festivalni “Insoniyatning nomoddiy madaniy merosi ro‘yxati”ga kiritgan.

Mavzuga doir: O‘liklar kunini nega quvonch bilan nishonlashadi? “Koko siri” multfilmi haqida

Festival bo‘lib o‘tadigan kunlarda Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShda odamlar inson skeleti tasviri tushirilgan kiyimlarni kiyib, bosh suyagi tasviri tushirilgan niqoblarni taqib yoki yuzlarini bosh suyak tasviriga o‘xshatib bo‘yab olib, katta-katta karnavallarni o‘tkazadi. Har yili Meksika va Lotin Amerikasining yana bir qator mamlakatlariga festivalni tomosha qilish, unda ishtirok etish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan millionlab sayyohlar keladi. O‘liklar kuni allaqachon mashhur madaniy fenomenga va turistik brendga aylangan bo‘lib, Lotin Amerikasi mamlakatlariga millionlab dollar pul keltiradi.

“Daryo” bu yilgi festivaldan fotogalereya taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 19:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 73) ( 0) ( 72) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют