» » La Liga. “Real” tarbiyalanuvchisi gol urgan o‘yinda “Barselona” 12-o‘rindagi jamoaga yutqazdi (video)

La Liga. “Real” tarbiyalanuvchisi gol urgan o‘yinda “Barselona” 12-o‘rindagi jamoaga yutqazdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 12-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni 2 ta bellashuv yakunlandi.

Ernesto Valverde boshqaruvidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi “Levante” maydoniga safar qildi.

Uchrashuv davomida “ko‘k-anorranglilar” yetakchisi Lionel Messining 38-daqiqada penaltidan urgan goliga mezbonlar Xose Kampanya (61), Borxa Mayoral (63) va Nemanya Radoya (68)ning gollari bilan javob qaytardi.

Shu tariqa kataloniyaliklar mehmonda kechgan bahsda “Levante”ga 1:3 hisobida taslim bo‘ldi va ochko yo‘qotdi.

Qayd etish joiz, “Levante”ning ikkinchi goliga mualliflik qilgan Mayoral “Real” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 22 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalida yetkachilik qilmoqda. “Levante” esa 17 ochko bilan 8-o‘ringa ko‘tarilib oldi.

La Liga

12-tur bahslari

2-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 31, penalti Roka, 1:1 — 69, penalti Parexo, 1:2 — 80 Maksi Gomes

Gollar: 0:1 — 38, penalti Messi, 1:1 — 61 Kampanya, 2:1 — 63 Mayoral, 3:1 — 68 Radoya

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (2-11-2019, 22:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 110) ( 0) ( 107) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют