» » “Qishloq qurilish bank” yangi xizmatlar va omonatlarni taklif etadi

“Qishloq qurilish bank” yangi xizmatlar va omonatlarni taklif etadi


Aksiyadorlik-tijorat “Qishloq  qurilish bank” mijozlarga zamonaviy va qulay yangi xizmatlarni joriy etib kelmoqda. Ko‘rsatilayotgan xizmatlar tarkibi va sifati shunga mos ravishda oshib bormoqda.

Shu  kunlarda  bank  tomonidan  jismoniy  shaxslardan  to‘lovlarni qabul qilish uchun mo‘ljallangan Android va iOS platformasi asosida ishlaydigan  mobil  qurilmalar  uchun  zamonaviy  dastur bo‘lgan “QQB Mobile” ilovasi ishga tushirildi. Mazkur ilova funksional imkoniyatlari va aholi uchun qulayligi bilan tez orada ommalashishi kutilmoqda.

Ushbu dastur  yordamida  mijozlar  o‘zlarining mobil qurilmalari orqali  turli to‘lovlarni amalga oshirishlari mumkin.

Tizim quyidagi imkoniyatlarga ega:

Mablag‘larni ATB “Qishloq qurilish bank” tizimida o‘tkazish bepul.

Shuningdek, Munis to‘lov tizimi orqali turli xil xizmat ko‘rsatuvchi provayderlar foydasiga to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Jismoniy shaxslar masofadan xizmat ko‘rsatish tizimidan quyidagi usulda foydalanishlari mumkin: “QQB Mobile”  dasturiga ulanib  ishlash uchun  internet tarmog‘iga ulanish imkonini beruvchi Android tizimida ishlovchi uyali aloqa telefonlari orqali PlayMarket ilovalaridan “QQB Mobile” ilovasi yuklab olinadi.

“Qishloq qurilish bank” tizimida mijozlar uchun “Depozit banking” mobil xizmati orqali ham xizmatlar ko‘rsatilmoqda.  Bank omonatchilari mazkur mobil dastur yordamida o‘z depozit hisobraqamlaridagi mablag‘lar doirasida naqdsiz amaliyotlarni bank muassasalariga kelmasdan, shaxsiy mobil telefonlari orqali bajarishi hamda omonatlari bo‘yicha ma’lumot olish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Bunda muassasa mijozlari “Depozit banking” mobil dasturidan xavfsiz foydalanishlari uchun maxsus login va parollar bilan ta’minlanadi.

Omonatlarga hisoblangan foizlarni chiqim qilish, muddati to‘lgan omonatlarni  to‘liq  yoki qisman qayta rasmiylashtirish dastur taqdim etadigan xizmatlar hisoblanadi. Agar mijoz omonatini qisman rasmiylashtirmoqchi bo‘lsa, oradagi farq qiladigan summa uning talab qilib olinguncha hisob raqamiga avtomat tarzda o‘tadi. Bunda  omonatni  naqdsiz  yopish  yoki omonatni muddatidan oldin naqdsiz yopish amallari bajariladi.

Omonatlarni yopishda yoki ularga hisoblangan foizlarni chiqim qilishda omonat va unga hisoblangan foiz summalari ham avtomat ravishda hisoblanadi. Hisoblangan ustamalarni jismoniy va yuridik shaxslarning hisob raqamlari yoki “Qishloq qurilish bank” tomonidan jismoniy shaxslarga emissiya qilingan plastik kartalarga o‘tkazib berish mumkin.

Bundan tashqari  mijozlar “Depozit banking” mobil dasturi yordamida omonat shartlari, omonat hisobvaraqlari aylanmasi hamda ularning muddatlari tugaganligi to‘g‘risida SMS-xabarnoma olib boradilar.

Hozirda  bankning  jamg‘arma kassalarida omonatchilar bilan amaliyotlar bajarilishida, omonatchi bilan bank o‘rtasida tuziladigan depozit shartnomalari, kirim va chiqim orderlari avtomatlashtirilgan tizim orqali chop etilishi, omonatchilarga omonat mablag‘lari to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini beradigan “SMS-omonat” xizmati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bu o‘z navbatida, omonatchilarning vaqtlarini tejash bilan birga, ularga sifatli va qulay bank xizmatlarini ko‘rsatishga sharoit tug‘dirmokda.

Aholi bo‘sh pul mablag‘larini bank omonatlariga jalb qilishni yanada rag‘batlantirish, fuqarolarga qulayliklar yaratish va ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Qishloq qurilish bank”  bir  qator yangi omonat turlarini  ham joriy  etdi.

Xususan, Navro‘z – umumxalq bayrami munosabati bilan  “Navro‘zi olam”, “Ko‘klam”, “Boychechak”, “Onlayn”, “Stimul”  nomli yangi muddatli omonat turlari joriy etildi.

“Navro‘zi  olam”  omonatiga  mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida  qabul  qilinadi.  Omonatga mablag‘lar 12 oydan 24 oygacha  bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Boychechak” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi.  Omonatga mablag‘lar 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Ko‘klam” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi.  Omonatga mablag‘lar 3 oydan 6 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

“Nafosat” omonatiga mablag‘lar milliy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi.  Omonatga mablag‘lar 6 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Mazkur  omonatlarga  mablag‘lar  2017-yil 30-iyun kuniga qadar (30-iyun kuni kirmagan holda) qabul qilinadi.

Dastlabki  qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan. Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda to‘lab beriladi.

“Onlayn” omonatiga jismoniy shaxslarning ish haqi hamda boshqa daromadlari  hisobidan ATB “Qishloq qurilish bank” va boshqa banklarning plastik kartochkalarda shakllangan mablag‘lar qabul qilinadi.

Omonatga mablag‘lar 2017-yil 31-dekabr  kuniga qadar (31-dekabr kuni kirmagan holda) 8 oydan 12 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi. Omonatga  qabul qilinadigan summaning eng kam miqdori 1 000 000 so‘mdan kam bo‘lmagan miqdorda.

Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar omonatchining arizasiga asosan omonatchining plastik kartochkasiga o‘tkazib beriladi.

“Stimul” omonatiga mablag‘lar xorijiy valyutada, faqat naqd pul shaklida qabul qilinadi.  Omonatga mablag‘lar 2017-yil 30-iyun kuniga qadar (30-iyun kuni kirmagan holda), AQSh dollarida 1 oydan 3 oygacha bo‘lgan muddatga qabul qilinadi.

Dastlabki qo‘yilgan omonat summasi ustiga qo‘shimcha mablag‘ qo‘yilmaydi, omonatga mablag‘lar qabul qilishning eng kam miqdori cheklanmagan.

Omonatga hisoblangan foizlar kapitalizatsiya qilinmaydi, ya’ni hisoblangan foizlarga qo‘shimcha tarzda foizlar hisoblanmaydi. Omonatga hisoblangan foizlar har oyda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‘sha kungi kursi bo‘yicha milliy valyutada to‘lab beriladi.

Bir so‘z bilan aytganda, “Qishloq qurilish bank” mijozlarning talablaridan  kelib chiqib, aholi uchun zamonaviy va qulay xizmatlar ko‘rsatish orqali respublika bank-moliya sektorida shiddat bilan sodir bo‘layotgan yangilanish jarayonlaridagi o‘z ishtirokini yanada faollashtirishga intilmoqda.

“Qishloq qurilish bank” – farovon hayotingiz xizmatida!

Murojaat uchun: (+99871) 150-39-93, 150-93-39, www.qqb.uz

Bank  axborot  xizmati

Xizmatlar litsenziyalangan.

Reklama huquqi asosida

Опубликовано: admin (3-04-2017, 11:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 57) ( 0) ( 55) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют