» » La Liga. “Real” o‘z maydonida “Betis”ni yuta olmadi, “Atletiko” ham ochko yo‘qotdi (video)

La Liga. “Real” o‘z maydonida “Betis”ni yuta olmadi, “Atletiko” ham ochko yo‘qotdi (video)


Futbol bo‘yicha Ispaniya La Ligasining 12-turi doirasida 2-noyabr, shanba kuni 2 ta bellashuv bo‘lib o‘tdi.

Turning markaziy uchrashuvida Diyego Simeone qo‘l ostidagi Madridning “Atletiko” klubi safarda Xulen Lopetegi boshqaruvidagi “Sevilya” jamoasiga qarshi maydonga tushdi.

O‘yinning 28-daqiqasida mezbon jamoa yarim himoyachisi Franko Vaskes hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib “matraschilar” hujumchisi Alvaro Morata Santyago Aryas uzatmasini golga aylantirdi.

Shu tariqa o‘yin 1:1 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi va jamoalar 1 ochkodan bo‘lishib oldi.

Ma’lumot uchun, “Atletiko” 21 ochko jamg‘argan holda musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. Undan keyingi pog‘onani egallab turgan “Sevilya” hisobida esa 21 ochko mavjud.

Shu kuni Zinedin Zidan boshliq Madridning boshqa bir klubi “Real” “Santyago Bernabeu”da “Betis”ni qabul qildi.

Uchrashuvda darvozalar daxlsizligi saqlanib qolindi va bahs 0:0 hisobida yakunlandi.

Qayd etish joiz, “Real” 22 ochko yig‘ib musobaqa jadvalida 2-o‘rinni band qilib turibdi. “Betis” esa 13 ochko to‘plab 14-pog‘onadan joy oldi.

La Liga

12-tur bahslari

2-noyabr, shanba

Gollar: 1:0 — 28 Vaskes, 1:1 — 60 Morata

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 03:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 67) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют