» » Serbiyaning yangi saylangan prezidenti Putin va Merkelga minnatdorlik bildirdi

Serbiyaning yangi saylangan prezidenti Putin va Merkelga minnatdorlik bildirdi


Serbiyadagi prezidentlik saylovlarida g‘olib chiqqan mamlakat bosh vaziri Aleksandr Vuchich Rossiya prezidenti Vladimir Putin va Germaniya kansleri Angela Merkelga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.

 “Saylovlargacha 15 kun qolgani haqida ogohlantirganimga qaramay men bilan muzokaralar olib borgan Angela Merkel va Vladimir Putinga alohida minnatdorlik bildirmoqchiman. Ular Serbiya haqida yaxshi fikrda, men haqimdagi taassurotlari ham yomon emas”, — deya ta’kidladi Vuchich.

Serbiyaning RTS telekanaliga ko‘ra, Vuchich Xitoy va Rossiya bilan do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, ayni paytda, Yevropada munosib o‘rin egallashga qaratilgan islohotlarni davom ettirish niyatida. 

Lavozimini egallaganidan so‘ng esa Pekinga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (3-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 99) ( 0) ( 96) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют