» » Kunni muvaffaqiyatli boshlash uchun bajariladigan ishlar

Kunni muvaffaqiyatli boshlash uchun bajariladigan ishlar


To‘g‘ri boshlash – yarim muvaffaqiyat hisoblanadi, shuning uchun kunni bir necha muhim yumushlar bilan boshlashga odatlanish lozim. Shunda siz hayotingiz yaxshi tomonga o‘zgarayotganini seza boshlaysiz. Bular uchun ertalab bor yo‘g‘i besh daqiqa  ajratsangiz kifoya.

Ertalab tishlarni yuvishda tilga ham e’tibor qaratish kerak. Tilni tish cho‘tkasi yordamida tozalasangiz ham bo‘ladi. Bu hazm qilish a’zolariga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ko‘plab bakteriyalarni yo‘qotishga yordam beradi.

Uyqudan keyin organizmda suv balansini tiklash, shuningdek uni nonushta qabul qilishga tayyorlash zarur bo‘ladi. Bir piyola qaynamagan toza suvni isiting, bir tilim limon qo‘shing va shoshilmasdan iching. Bunday ichimlik tozalash tizimini ishga tushiradi va jigar faoliyatiga yordam beradi. 20 daqiqadan so‘ng nonushta qilsangiz bo‘ladi.

Bir choy qoshiq tabiiy asalni nonushta qilishdan 10 daqiqa oldin yeyish tavsiya qilinadi. Bu immunitetni oshiradi, shuningdek miyaga quvvat bag‘ishlaydi va kun bo‘yi ish qobiliyatini ta’minlaydi.

Nonushtadan keyin, 50 ml qaynamagan toza suv va  5-7 tomchi vodorod peroksidi aralashmasi bilan og‘zingizni chayqang. Bu usul yoqimsiz hidlar kelishining, kariyes paydo bo‘lishining va milkdagi muammolarning oldini oladi.

Manba: “Xitrosti jizni”

Опубликовано: admin (3-04-2017, 11:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют