» » Malidagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan 50 nafar odamning o‘limi yuzasidan mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi

Malidagi to‘qnashuvda halok bo‘lgan 50 nafar odamning o‘limi yuzasidan mas’uliyatni IShID o‘z zimmasiga oldi


IShID terroristik tashkiloti Malidagi otishmada 49 nafar mamlakat harbiysi va bir nafar fransuz askarining o‘limiga sabab bo‘lgan otishma uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oldi, deya xabar bergan AFP.

Mali qurolli kuchlari bergan ma’lumotga ko‘ra to‘qnashuv natijasida uch nafar odam yaralangan. Hujumdan keyin blokpostni qo‘riqlayotganlar orasidan faqat 20 nafar askar omon qolgan.

Mavzuga doir: Bashar Asad IShID yetakchisi yo‘q qilingani haqidagi xabarlardan shubhalanmoqda

BMTning Malidagi missiyasi ushbu harbiy harakatlarni keskin qoralagan.

Mavzuga doir: IShID Al-Bag‘dodiyning o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Avval Mali kommunikatsiyalar vaziri Yaya Sangare Indelimandagi qurolli kuchlar pozitsiyaga qilingan hujumdan keyin to‘qnashuv yuz bergan joydan 54 nafar odamning jasadlari topilgani, ularning bir nafari fuqaro, qolgani harbiylar ekani, 10 nafar harbiy turli darajadagi tan jarohatlari olgani, viloyatdagi vaziyat hukumat tomonidan nazoratga olinganini ma’lum qilgandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 17:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 79) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют