» » O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Janubiy Koreyada chempionga aylandi

O‘zbekiston terma jamoasi himoyachisi Janubiy Koreyada chempionga aylandi


O‘zbekistonlik himoyachi Rustam Ashurmatov to‘p suradigan “Gvangju” klubi Janubiy Koreyaning ikkinchi divizionida chempionlikni qo‘lga kiritdi.

Ashurmatov jamoasi o‘tgan turda “Suvon Siti” ustidan g‘alabaga erishgan (3:0), uning ta’qibchisi “Pusan Ay Park” esa ochko yo‘qotgandi. Bu esa “Gvangju”ga muddatidan avval chempionlikni taqdim etdi.

3-noyabr, yakshanba kuni “Chonnam Dragons”ga qarshi kechgan bahsdan so‘ng (1:3) “Gvangju” futbolchilariga chempionat oltin medallari topshirildi.

Shu tariqa Key-Liga 2 chempionligini qo‘lga kiritgan “Gvangju” keyingi mavsum Janubiy Koreya oliy divizionida ishtirok etish imkonyatini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-11-2019, 21:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 87) ( 0) ( 85) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют